Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Suv resurslarini boshqarishni rivojlantirishga oid yangilik


Suv resurslarini boshqarishni rivojlantirishga oid yangilik

2025-yil 28-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Iqlim texnologiyalari orqali suv resurslarini boshqarishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Iqlim texnologiyalari orqali suv resurslarini boshqarishni rivojlantirish” loyihasining asosiy maqsadli ko'rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- yirik suv inshootlari va magistral quvurlarga 4,8 mingta hisoblagichlarni hamda 2,8 mingta telemetriya tizimlarini o'rnatish hisobiga ishlab chiqarilgan ichimlik suvining aniq hisobini yuritish;

- 12,7 mingta suv inshootlari hamda 80 ming kilometr ichimlik va oqova suv tarmoqlarining raqamli xaritasini (GIS) joriy etish orqali infratuzilmani yangilash ishlari samaradorligini oshirish;

- 5,1 million iste'molchini qamrab olgan billing tizimini takomillashtirish, suv ta'minoti korxonalari moliyaviy hisobotining xalqaro standartlariga o'tish va konsolidatsiyalashgan hisob-kitobini yuritish;

- respublika va 14 ta hududiy suv ta'minoti korxonalarida yagona situatsion markaz tashkil etish orqali avariyalarni tezkor bartaraf qilish tizimini joriy etish.

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YXKM Bosh yuristkonsulti                                           A.A.Abdug‘affarov