Янгиликлар
Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish ofisi tashkil etiladi
Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish ofisi tashkil etiladi
2025-yil 24-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, Milliy statistika qo'mitasi tuzilmasida “Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish” ofisi tashkil etiladi.
Transformatsiya ofisi quyidagi ustuvor yo'nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas'ul etib belgilandi, jumladan:
- ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur bo'lgan statistik ma'lumotlarni, shu jumladan, aholi daromadlari va ularning manbalarini baholash uslubiyotini takomillashtirish;
- mikro darajada kuzatuvlarni amalga oshirish va statistik ko'rsatkichlarni shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish;
- statistika ma'lumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali qayta aloqani (mijozga yo'naltirilganlikni) joriy etish.
Shuningdek, Milliy statistika qo'mitasi to'g'risidagi nizom hamda Respublika statistika kengashi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM Bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov