Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Sun’iy intelektning statistik ma’lumotlardan foydalanish samaradorligi


Sun’iy intelektning statistik ma’lumotlardan foydalanish samaradorligi

2025-yil 24-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoni (PF-27-son) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, Statistika organlarida sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda 2026-yil 1-yanvardan quyidagi interaktiv xizmat turlari joriy etiladi:

- hisobotlarni topshirishda korxona va tashkilotlarga maslahat beruvchi “Maslahatchi” sun'iy intellektga asoslangan interaktiv xizmati;

- foydalanuvchilarga statistik ma'lumotlarni tez izlab topishga ko'maklashuvchi “Tahlilchi” sun'iy intellektga asoslangan konsultativ xizmati;

-statistik kuzatuvlarni telefon yordamida o'tkazish imkonini beruvchi “Call-markaz” faoliyati.

2025/2026-o'quv yilidan Milliy statistika qo'mitasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Iqtisodiy statistika kafedrasi filiali tashkil etiladi.

2025-yil 1-iyuldan YTTlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni ular shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari hamda iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida amalga oshiriladi.

 

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YXKM Bosh yuristkonsulti                                           A.A.Abdug‘affarov