Янгиликлар
Statistika ishlarini tashkil etish yangi bosqichda
Statistika ishlarini tashkil etish yangi bosqichda
2025-yil 24-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi farmoni (PF-27-son) qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, Prezident huzuridagi Statistika agentligi Milliy statistika qo'mitasi sifatida qayta tashkil etiladi.
Statistika ishlari samaradorligini yanada oshirishning quyidagi ustuvor yo'nalishlari belgilandi, jumladan:
-makroiqtisodiyot va tarmoqlar darajasida statistik kuzatuv o'tkazish tizimini hamda ularning metodologiyasini xalqaro standart va tavsiyalarga muvofiq takomillashtirib borish;
- integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartirish va biznesga hisobot topshirish yukini kamaytirib borish;
- “mahalladan – respublikagacha” tamoyili bo'yicha statistik ko'rsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali ma'lumotlarning ishonchliligini ta'minlash.
2025-yil yakunigacha “Hududlar statistikasi” axborot tizimi ishga tushiriladi.
2025-yil yakuni bo'yicha hisobot davridan boshlab xodimlar soni yillik o'rtacha 5 kishidan kam bo'lgan va yillik tushumi BHMning 2 000 barobarigacha bo'lgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun yillik statistika hisobotini topshirish majburiyatini bekor qilib, har uch yilda bir marotaba statistik hisobot topshirilishi belgilandi.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM Bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov