Янгиликлар
Ish beruvchining ish vaqtini hisobga olishni tashkil etishga doir majburiyati qanaqa?
Ish beruvchining ish vaqtini hisobga olishni tashkil etishga doir majburiyati qanaqa?
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 200-moddasiga asosan ish beruvchi xodimlarning ishga kelishi va ishdan ketishi hisobga olinishini tashkil etishi shart.
Ishga kelishni va ishdan ketishni hisobga olish belgilangan shakldagi ish vaqtidan foydalanish tabellarida hamda boshqa hujjatlarda yuritiladi, shuningdek, apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalar yordamida qayd etilishi mumkin.
Xodim tomonidan mehnat majburiyatlarining haqiqatda bajarilgan vaqti, shuningdek ushbu Kodeks 181-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq ish vaqtiga kiritiladigan boshqa davrlar hisobga olinishi lozim.
Ishlab berilgan vaqt tarkibida ish vaqtidan tashqari ishlarning, ishbay asosida ishlaydiganlarning vaqti-vaqti bilan bajariladigan ishining, xizmat safarlarining va ichki o‘rindoshlikka doir ishning vaqti alohida hisobga olinadi.
Ishlab berilmagan vaqt tarkibida haq to‘lanadigan va haq to‘lanmaydigan vaqt, shuningdek ish vaqtining ham xodimning aybi bilan yo‘qotishlari, ham uning aybi bo‘lmagan chog‘dagi yo‘qotishlari ajratiladi.
Xodim tomonidan mehnat majburiyatlarining haqiqatda bajarilgan vaqti ichki mehnat tartib qoidalariga, ishlash (smenalarga bo‘linib ishlash) jadvaliga yoki ish beruvchining alohida ko‘rsatmasiga binoan xodim ish bajariladigan joyga kelgan paytdan e’tiboran hamda ushbu ish kunida (smenada) ishdan haqiqatda ozod bo‘lgan paytga qadar hisobga olinadi.
Yashash joyidan doimiy ish joyiga (doimiy yig‘ilish joyiga) borish va qaytib kelish vaqti, ish joyiga kiraverishdan to ish joyigacha bo‘lgan yo‘l uchun, ish boshlanishidan oldin va ish tugaganidan keyin kiyim-bosh almashtirish uchun, ishdan ketayotganda ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan vaqt xodim tomonidan mehnat majburiyatlarining haqiqatda bajarilgan vaqtiga kiritilmaydi hamda hisobga olinmaydi.
|
Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti |
R.Tuxtayev |