Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ayrim transport vositalariga VIN raqamini shakllantirish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatiladi


Ayrim transport vositalariga VIN raqamini shakllantirish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatiladi

2025-yil 27-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “Transport vositasini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositasining identifikasiya raqamini shakllantirish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti” tasdiqlandi.

Reglament transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga transport vositalarining identifikasiya raqamini shakllantirish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatish tartibini belgilaydi.

Mazkur Reglament Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Muomalaga chiqarilayotgan g'ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to'g'risidagi umumiy texnik reglament bilan tartibga solinadigan g'ildirakli transport vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.

Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali ko'rsatiladi.

Bunda O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining O'zbekiston standartlar instituti transport vositalarining identifikasiya raqamini shakllantirishni ta'minlaydi.

VIN kodi uchta bo'limdan iborat:

- ishlab chiqaruvchining xalqaro identifikasiya kodi (WMI kodi);

- tavsiflovchi qismi (VDS);

- ko'rsatuvchi qismi (VIS).

VIN kodi transport vositalarini identifikasiya maqsadida beriladigan belgilarning tarkibiy kombinasiyasi hisoblanadi.

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YXKM Bosh yuristkonsulti                                           A.A.Abdug‘affarov