Янгиликлар
Fuqarolarning vijdon erkinligini ta'minlashning va diniy sohadagi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari
Fuqarolarning vijdon erkinligini ta'minlashning va diniy sohadagi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari
O’zbekiston Respublikasining qonuni bilan “O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi.
Unga ko’ra, Fuqarolarning vijdon erkinligiga bo'lgan huquqini izchil ro'yobga chiqarish, jamiyatda konfessiyalararo munosabatlarni yanada mustahkamlash yo'nalishida davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy mexanizmlari quyidagilardan iborat, jumladan:
- fuqarolarning vijdon erkinligiga bo'lgan huquqini amalga oshirish kafolatlarini ta'minlash, diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyati uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
- davlat organlarining diniy tashkilotlar bilan o'zaro aloqalari va hamkorligini vakolatli davlat organi orqali muvofiqlashtirish;
- konfessiyalararo totuvlikni va diniy bag'rikenglikni ta'minlashda davlat organlari, diniy tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash;
- ziyorat turizmi, boshqa diniy rasm-rusumlar va marosimlar xavfsiz o'tkazilishini ta'minlash masalalari bo'yicha fuqarolar, diniy tashkilotlar va davlat organlarining hamkorligini ta'minlash;
-diniy konfessiyalarning bayramlarini tashkil etish va o'tkazish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM Bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov