Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Ish vaqtini jamlab hisobga olishni belgilash va qo‘llash tartibi qanaqa?


Ish vaqtini jamlab hisobga olishni belgilash va qo‘llash tartibi qanaqa?

O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 199-moddasiga asosan agar ishlab chiqarish (ish) sharoitlariga ko‘ra ish beruvchida ushbu toifadagi xodimlar (shu jumladan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishda band bo‘lgan xodimlar) uchun belgilangan ish vaqtining kunlik yoki haftalik davomiyligiga rioya etish imkoni bo‘lmasa, ish vaqtini jamlab hisobga olishni joriy etishga yo‘l qo‘yiladi.

Basharti hisobga olish davri uchun ish vaqtining davomiyligi ish soatlari normasidan oshmasa, ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy etilishi mumkin. Bunda hisobga olish davri o‘n ikki oydan, kunlik ishning (smenaning) davomiyligi esa o‘n ikki soatdan oshmasligi kerak.

Ish vaqtini jamlab hisobga olishni qo‘llash tartibi, zarur bo‘lgan taqdirda esa hisobga olish davri mobaynida xodimlarga to‘lanadigan ish haqi miqdorini tenglashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar jamoa shartnomasida belgilanadi, agar jamoa shartnomasi tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra aniqlanadi.

Ish vaqtini jamlab hisobga olish ayrim toifadagi xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishga jalb etish uchun belgilangan cheklovlarga rioya etilgan holda belgilanadi.

 

Yuqori Chirchiq tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti

 

 

R.Tuxtayev