Янгиликлар
Pedagoglarni attestatsiyadan o'tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag'batlantirish tizimi takomillashtirildi
Pedagoglarni attestatsiyadan o'tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag'batlantirish tizimi takomillashtirildi
2025-yil 28-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ayrim hukumat qarorlariga o’zgartirishlar kiritildi.
Xususan, 2025-yil 1-sentabrgacha:
Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmagan, shuningdek, attestatsiyadan o'tganlik muddati tugagan va amaldagi malaka toifasi saqlanib qolgan quyidagi pedagoglar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi hamda ularga amaldagi malaka toifasi (lavozimi) bo'yicha haq to'lanadi:
- oliy malaka toifasiga (bosh o'qituvchi lavozimiga) ega bo'lganidan so'ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo'lgan;
- pedagogik faoliyat bo'yicha 25 yil va undan ko'p ish stajiga ega bo'lgan;
- yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko'p bo'lmagan vaqt qolgan;
- pedagogik faoliyat bilan shug'ullanayotgan pensiya yoshiga to'lgan pedagoglar.
Quyidagi talablardan biriga javob beradigan pedagoglarga to'g'ridan-to'g'ri malaka toifasi (lavozimi) beriladi:
- pedagogik faoliyat bo'yicha 25 yil va undan ko'p ish stajiga ega bo'lgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
-yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko'p bo'lmagan vaqt qolgan pedagoglarga – ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi);
- oliy malaka toifasiga (bosh o'qituvchi lavozimiga) ega bo'lganidan so'ng ushbu toifani (lavozimni) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo'lgan pedagoglarga – oliy malaka toifasi (bosh o'qituvchi lavozimi).
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM Bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov