Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Iqtisodiyotda xususiy sektorning rolini yanada oshirish yuzasidan amaliy ishlar davom etadi.


Iqtisodiyotda xususiy sektorning rolini yanada oshirish yuzasidan amaliy ishlar davom etadi.

2025-yil 28-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda raqobatni rivojlantirish va xususiy sektorning rolini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatga ko'ra, mulkchilik shaklidan qat'i nazar bir yoki bir nechta xo'jalik yurituvchi subyektlar va davlat tashkilotlariga muayyan tovarlarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko'rsatish, ishlarni bajarish) yoki sotish yoxud sotib olish, shuningdek, yagona operatorlik xizmatlarini ko'rsatish uchun quyidagilar asosida taqdim etilgan mutlaq huquq eksklyuziv huquq sifatida e'tirof etiladi:

- qonunchilik hujjatlari bilan istisno tariqasida berilgan ruxsat (huquq);

- umumiy tartibdan tashqari ravishda berilgan yakka tartibdagi litsenziya (ruxsatnoma).

- Bunda tanlov (tender) asosida taqdim etilgan litsenziyalar (ruxsatnomalar) eksklyuziv huquq sifatida e'tirof etilmaydi.

2025-yil 1-apreldan eksklyuziv huquq xo'jalik yurituvchi subyektlarga qonunlar va Prezident farmon va qarorlari bilan 3 yildan ortiq bo'lmagan muddatga faqat quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

- konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog'lig'ini, O'zbekiston mudofaa qobiliyatini, davlat va jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta'minlash;

- tabiiy ofatlar, halokatlar va epidemiyalarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish.

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YXKM Bosh yuristkonsulti                                           A.A.Abdug‘affarov