Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Xodimga ortiqcha to’langan ish haqi qaytarib beriladimi?


Xodimga ortiqcha to’langan ish haqi qaytarib beriladimi?

 

Bunday vaziyat  ish beruvchi va xodimlar o’rtasida tez-tez takrorlanadigan holatlardan biri sanaladi. Yangi mehnat kodeksida bu qanday tartibga solingan? Kodeksining 269-moddasiga asosan xodimga ortiqcha to’langan ish haqi (shu jumladan mehnat to’g’risidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar noto’g’ri qo’llanilganda) undan undirilishi mumkin emas. Ya’ni xodimga ortiqcha to’langan ish haqini ish beruvchi qaytarib ola olmaydi.

Ammo kodeks quyidagi holatlarda istesno belgilaydi:

???? hisoblashdagi xatolik;

????  agar yakka tartibdagi mehnat nizolarini ko’rib chiquvchi  organ tomonidan xodimning mehnat normalarini bajarmaganlikdagi aybi e’tirof etilgan bo’lsa;

????  xodimning sud tomonidan belgilangan g’ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) sababli xodimga ortiqcha ish haqi to’langan bo’lsa.

O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq soliq solinmaydigan to’lovlardan ushlab qolishlar amalga oshirilishi mumkin emas.

 

 

Bo’stonliq tumani adliya bo’limi

YuXKM boshlig’i                                                        U.Tulaganov