Янгиликлар
Endilikda kambag’al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi, qo’shimcha grant ajratiladi, kontrakt to’lovining bir qismi qoplab beriladi.
Endilikda kambag’al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi, qo’shimcha grant ajratiladi, kontrakt to’lovining bir qismi qoplab beriladi.
Yana bir yangilik – iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin og’ir oilaviy sharoiti sababli o’qish imkoniyatiga ega bo’lmagan yoshlarni xorijda o’qitish bo’yicha yangi tizim – “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi.
Bunda har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi. Ularning salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida o’qitiladi.
Xorijda ta’lim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga to’g’ridan-to’g’ri kiritiladi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi.
Har yili saralashdan o’tgan 1 ming nafar yoshlar dunyoning “top-100” oliygohlariga yuborilib, o’qish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.
Energetika, transport, urbanizasiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo’nalishlarida “El-yurt umidi” jamg’armasi kvotalari ko’paytiriladi.
Bundan tashqari, dunyoning nufuzli “top-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo’lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga 800 million so’mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.
Nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g’olib va sovrindor bo’lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshiriladi.
Harbiy oliygohlarning namunali tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo’mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi.
Yoshlarni ilmga qiziqtiruvchi media kontentlar, eng yaxshi intellektual shoular yaratishga Yoshlar agentligi tomonidan 100 million so’mgacha grantlar ajratiladi.
Yoshlarda tabiatga mehrni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarini qo’llab-quvvatlash uchun “Yashil tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi” tashkil qilinadi.
Bo’stonliq tumani adliya bo’limi
YuXKM boshlig’i U.Tulaganov