Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan ekolog” faxriy unvoni ta'sis etildi


“O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan ekolog” faxriy unvoni ta'sis etildi

O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan ekolog" faxriy unvonini ta'sis etish to'g'risidagi qabul qilindi.

Qonunga ko'ra, “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan ekolog” faxriy unvoni mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.

Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy etishda, yashil hududlarni kengaytirishda va ko'kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko'rsatgan, aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlodni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tizimda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassis-xodimlarga va sohaning boshqa vakillariga, shuningdek, mazkur yo'nalishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotgan ekofaollarga beriladi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YXKM bosh yuristkonsulti                                               A.A.Abdug‘affarov