Янгиликлар
Elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi
Elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi
Hukumatning 2025-yil 18-martdagi 168-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Xususan, elektron hisobvaraq-faktura va elektron tovar-transport yuk xati birlashtiriladi;
ayrim sohalarning o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish tartiblari belgilandi.
Bunda, tovar-moddiy boyliklar yuklab jo'natish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda, elektron hisobvaraq-faktura elektron tovar-transport yuk xati bilan birlashtirilgan holda rasmiylashtirilishi mumkin.
Ammo quyidagi hollarda elektron hisobvaraq-faktura bilan elektron tovar-transport yuk xati birlashtirilgan holda rasmiylashtirilmaydi:
- tovarlar transport vositasidan foydalanmagan holda (shu jumladan, jamoat transportidan foydalangan holda) qo'lda yoki maxsus qurilmalar (arava, eskalator va qonunchilik hujjatlariga ko'ra davlat ro'yxatidan o'tkazilmaydigan boshqa qurilmalar) yordamida tashilganda;
- yuk jo'natuvchi tomonidan tovar yuklab jo'natish bilan bir vaqtda realizatsiya qilinganda.
Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi
YXKM bosh yuristkonsulti A.A.Abdug‘affarov