Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi


Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasida raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik yo'lga qo'yiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 18-mart kuni “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi PQ-108-sonli Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko'ra, Turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo davlatlar hukumatlari o'rtasida raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik to'g'risidagi bitim tasdiqlandi.

Bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan so'ng belgilangan tartibda uning qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.

 

Bo‘stonliq tumani adliya bo‘limi

YXKM bosh yuristkonsulti                                               A.A.Abdug‘affarov