Янгиликлар
Iqtisodiy protsessual qonunchilik boʻyicha sudda kimlar vakil boʻla olmaydi?
Iqtisodiy protsessual qonunchilik boʻyicha sudda kimlar vakil boʻla olmaydi?
Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi 61-moddasiga koʻra, har bir fuqaro sudda ishini shaxsan yoki vakil orqali yuritishi mumkin. Agar fuqaro shaxsan qatnashsa ham, u vakil olish huquqidan mahrum etilmaydi.
Kimlar vakil boʻla olmaydi?
· Toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlmagan yoki vasiylik ostidagi shaxslar.
· Sudyalar, tergovchilar, surishtiruvchilar, prokurorlar va sud devoni xodimlari.
· Mediator sifatida shu nizoda ishtirok etgan shaxslar (baʼzi istisnolar mavjud).
· Muomalaga layoqatsiz yoki layoqati cheklangan shaxslar, masalan, ruhiy kasallik yoki giyohvandlik tufayli qonuniy cheklovga ega boʻlganlar.
· Voyaga yetmaganlar sud ishlarida ota-onasi, vasiy yoki homiysi orqali ishtirok etadi.
Prokuror ayrim holatlarda prokuratura organlarining vakili sifatida ishtirok etishi mumkin. Mediator esa faqat taraflarning oʻzaro roziligi bo‘lsa, vakil boʻlishi mumkin.
Bo’stonliq tumani adliya bo’limi
YuXKM bosh yuriskonsulti A.Rajabov