Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Yer uchastkasining plani. Yer uchastkasining chegaralarini joyning o‘zida belgilash to‘g‘risida


 

Yer uchastkasining plani. Yer uchastkasining chegaralarini
joyning o‘zida belgilash
to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 32-moddasiga asosan: Yer uchastkasining plani — yer uchastkasining topografik plani bo‘lib, qabul qilingan belgilarga muvofiq unda muayyan yer uchastkasining chegaralarida vaqt jihatidan eng so‘nggi yer tuzilishi loyihasiga muvofiq so‘nggi bor suratga olingan paytdagi butun vaziyat va relef ko‘rsatiladi.

Yer uchastkasining chegaralarini joyning o‘zida va xaritalarda dastlabki tarzda belgilash ajratib berish uchun yer uchastkasi tanlangan vaqtda uni berish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar amalga oshiriladi.

Yer uchastkasining planini va tavsifini tuzish, joyning o‘zida uning chegaralarini belgilash ishlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi bo‘linmalari tomonidan bajariladi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

Yer uchastkasining tasdiqlangan plani yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning ajralmas qismi bo‘lib qoladi. Yer uchastkalari planlarining asli kadastr ishiga doir hujjatlar orasida saqlanadi, nusxalari esa yer uchastkasi oluvchiga beriladi.

Yer uchastkasining plani va tavsifini tayyorlash, marza belgilarini o‘rnatish, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, yer uchastkasi oluvchining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               R.M.Mirzaaxmedov