Янгиликлар
Xodim bir yilda ikki marta mehnat taʼtiliga chiqishi mumkinmi?
Xodim bir yilda ikki marta mehnat taʼtiliga chiqishi mumkinmi?
Albatta mumkin. Bu yerda kalendar yilga chalgʻimasligimiz kerak. Taʼtil xodimga kalendar yil davomida emas balki ish yili davomida beriladi.
Mehnat kodeksining 225-moddasiga koʻra, ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida oʻn ikki oyga teng boʻlgan va haqiqatda ish boshlangan sanadan eʼtiboran hisoblab chiqariladigan ish davri tushuniladi.
Masalan, xodim 12.03.2024 dan ish boshladi. Uning ish yili 12.03.2024 dan 11.03.2025 gacha boʻladi. Har yilgi mehnat taʼtili xodimga taʼtil berilayotgan ish yili tugashiga qadar yaʼni 11.03.2025 gacha berilishi kerak. Shu oʻrinda kalendar yilga chalgʻib ketib, xodim 31 dekabrgacha taʼtilga chiqishi kerak deb xato oʻylamaslik lozim. Yaʼni xodimni ish yili tugaguniga qadar taʼtilga chiqarish shart ekan.
Misolimizdagi xodim 2025-yil 10-mart kuni taʼtilga chiqdi. Bunda xodim yuqorida keltirib oʻtilgan davr oraligʻi uchun taʼtilga chiqqan. Demak, xodim 2025-2026 yillar oraligʻidagi ish yili uchun 2025-yilda yana taʼtil olishi mumkin. Mehnat kodeksi 269-moddasi ikkinchi qismining 6-bandiga koʻra, xodim qaysi ish yili hisobiga taʼtil olib boʻlgan boʻlsa, oʻsha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda taʼtilning ishlab berilmagan kunlari uchun xodimning yozma roziligidan qatʼi nazar, ish haqidan ushlab qolish amalga oshiriladi.
Bo’stonliq tumani adliya bo’limi
YuXKM bosh yuriskonsulti A.Rajabov