Янгиликлар
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoʻqolsa qanday javobgarlik mavjud?
Shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoʻqolsa qanday javobgarlik mavjud?
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik kodeksiga koʻra:
· fuqarolarning pasportsiz yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiz;
· haqiqiy boʻlmagan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta bilan;
· doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmasdan yashashi;
· xorijga chiqish uchun biometrik pasportini qasddan yaroqsizlantirishi;
· ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yoʻqotib qoʻyishi;
· fuqaroligi boʻlmagan shaxsning harakatlanish hujjatini qasddan yaroqsizlantirishi yoki uni ehtiyot qilib saqlamaganligi oqibatida yoʻqotishi
BHMning ikkidan bir qismidan uch baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Ushbu holatlar bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
BHMning besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosioʻn olti yoshgatoʻlishi munosabati bilan identifikatsiyalovchi ID-kartasini oʻz vaqtida olmaganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.
Bo’stonliq tumani adliya bo’limi
YuXKM bosh yuriskonsulti A.Rajabov