Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

“Homiladorlik va tug’ish ta’tili” davrida xodimga to’lanadigan kompensatsiya ya’ni Dekret puli qancha muddatda toʻlanishi kerak?


“Homiladorlik va tug’ish ta’tili” davrida xodimga to’lanadigan kompensatsiya ya’ni Dekret puli qancha muddatda toʻlanishi kerak?

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 404-moddasiga koʻra, homiladorlik va tugʻish taʼtili ayollarga tugʻruqqacha 70 kalendar kun va tugʻruqdan keyin 56 kalendar kun (agar tugʻish ogʻir kechgan yoki ikki va undan ortiq bola tugʻilgan boʻlsa – 70 kun) muddatga beriladi. Bu davr uchun qonunchilikda belgilangan tartibda, ammo oʻrtacha oylik ish haqining kamida 75 foizi miqdorida nafaqa toʻlanishi shart.

Homiladorlik va tugʻish taʼtili jamlangan holda hisoblanadi va ayol tugʻruqqacha real foydalangan kunlaridan qatʼi nazar, nafaqa toʻliq miqdorda beriladi.

Nafaqani tayinlash va toʻlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan boʻlib, 2024-yil 31-mayda qabul qilingan 314-son qarorining
1-ilovasiasosida tartibga solinadi. Mazkur nizomga koʻra, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik va tugʻish nafaqasini toʻlash tartibi belgilangan.

Ushbu ilovaning 6-bandiga asosan, nafaqa toʻlash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ish beruvchining ichki hujjatlarida aniq koʻrsatilishi kerak. Agar bunday hujjatlar mavjud boʻlmasa, mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan muddatlarda belgilanadi. Biroq nafaqa, mehnatga layoqatsizlik varaqasi taqdim etilgan kundan boshlab 16 kalendar kundan kechiktirilmasdan toʻlanishi lozim.

Bo’stonliq tumani adliya bo’limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                                                  A.Rajabov