Янгиликлар
Ishga qabul qilishni rad etish qanday hollarda yoʻl qoʻyilmaydi?
Ishga qabul qilishni rad etish qanday hollarda yoʻl qoʻyilmaydi?
Fuqaroni ishga qabul qilish uning mutaxassisligi, malakasi yetarli boʻlmaganda va qonunda belgilangan boshqa asoslarda rad etilishi mumkin.
Ishga qabul qilishni gʻayriqonuniy ravishda rad etish mumkin emas.
Quyidagilar gʻayriqonuniy rad etish deb hisoblanadi:
· ish beruvchi taklif qilgan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
· kamsitish alomatlari boʻlganda;
· ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart boʻlgan shaxslarni (aholi bandligiga koʻmaklashish markazi yoʻllanmasi boʻlgan shaxslarni, homilador ayollarni va 3 yoshga toʻlmaganbolalari bor ayollarni) ishga qabul qilmaslik;
· qonunga muvofiq avval sudlangan shaxsni yoki fuqaroni yaqin qarindoshi sudlanganligi sababli ishga qabul qilmaslik.
· Ishga qabul qilish rad etilganda, ish beruvchi uning sababini koʻrsatgan holda 3 kun ichida yozma javob berishishart.
· Ishga kirayotgan shaxsning pasporti (ID karta) haqiqiy boʻlmasa, ishga qabul qilish rad etilishi mumkin.
Bo’stonliq tumani adliya bo’limi
YuXKM bosh yuriskonsulti A.Rajabov