Янгиликлар
Ish beruvchi xodimlarga ishxona hududidan yer ajratib berib òsha yerga xodim hisobidan gul ekib parvarishlashni topshirishi mumkinmi?
Ish beruvchi xodimlarga ishxona hududidan yer ajratib berib òsha yerga xodim hisobidan gul ekib parvarishlashni topshirishi mumkinmi?
Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan, majburiy mehnat biror-bir jismoniy shaxsdan jazoni qo‘llash tahdidi ostida talab etiladigan, bajarilishi uchun ushbu shaxs ixtiyoriy ravishda o‘z xizmatlarini taklif qilmagan har qanday ishni yoki xizmatni anglatadi. Bu vaziyatda xodimlarga ishxona hududidan yer ajratib berib òsha yerga xodim hisobidan gul ekib parvarishlashni topshirishi majburiy mehnat sanaladi. Agar mazkur ish sizning mehnat majburiyatlaringizga kirmasa.
Bunday vaziyatda siz o‘z huquqlaringizni himoya qilish maqsadida davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.
Bo’stonliq tumani adliya bo’limi
YuXKM bosh yuriskonsulti A.Rajabov