Янгиликлар
Farzandli bo‘ldim, farzandimga davlat qandaydir pul yoki nafaqa beradimi?
Farzandli bo‘ldim, farzandimga davlat qandaydir pul yoki nafaqa beradimi?
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktyabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga asosan Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi avtomatik ravishda farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga xizmat natijasi bo‘yicha SMS-xabar yuboradi.
Bunda 2024-yil 1-apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:
birinchi farzandi uchun — barcha ayollarga;
ikkinchi farzandi uchun — farzand tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.
Qolgan barcha holatlarda farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtirish rad etiladi.
Bolaning otasi yoki onasi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatgan holda, bola tug‘ilgandan boshlab 6 oy muddat ichida bir martalik nafaqa pulini olish uchun AT “Xalq banki”ning istalgan filialiga murojaat qilishi mumkin.
Bo’stonliq tumani adliya bo’limi
YuXKM bosh yuriskonsulti A.Rajabov