Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning tarkibi to‘g‘risida


 

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning tarkibi to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 43-moddasiga asosan: Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisoblanadi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlari va daraxtzorlar, ichki xo‘jalik yo‘llari, kommunikatsiyalar, o‘rmonlar, yopiq suv havzalari, binolar, imoratlar va inshootlar egallagan yerlarga ajraladi.

Haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, tashlandiq yerlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar (bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt ko‘chatzorlari, mevazorlar va boshqalar) egallagan yerlar qishloq xo‘jaligi yerlari jumlasiga kiradi. Qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofaza qilinishi lozim.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni qishloq xo‘jaligidan o‘zga ehtiyojlar uchun boshqa toifadagi yerlarga o‘tkazishga alohida hollarda ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini irrigatsiya suvdan foydalanish va suv iste’moli tizimiga asoslangan sun’iy sug‘orish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi va yerlardan samarali foydalanish hamda ularning unumdorligini oshirish shartidir deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               R.M.Mirzaaxmedov