Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari to‘g‘risida


 

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish sohasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning majburiyatlari to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 48-moddasiga asosan: Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanuvchi yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar:

1) biznes-rejalarda tuproq unumdorligini oshirish va yerlardan oqilona foydalanish yuzasidan aniq tadbirlarni nazarda tutishlari;

2) zona sharoiti va xo‘jalikning ixtisoslashuviga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishni, dehqonchilikning eng samarali va iqtisodiy jihatdan oqilona tizimlarini joriy etishlari;

3) haydaladigan yerlar asralishi va kengaytirilishini ta’minlashlari;

4) meliorativ jihatdan nobop sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilishlari, pichanzor va yaylovlarga suv chiqarishlari hamda ularning holatini yaxshilashlari;

5) xo‘jalikning butun ichki sug‘orish va kollektor-drenaj tarmog‘ini hamda undagi inshootlarni texnikaviy jihatdan soz holatda saqlashlari;

6) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini sug‘oriladigan yerlarning sho‘r bosishi va zaxlanishiga, yerlarning va suv manbalarining ifloslanishi va zararlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan amalga oshirishlari;

7) qishloq xo‘jalik ekinlari va dov-daraxtlarni parvarish qilishning suv tejaladigan texnologiyalarini, sug‘orishning ilg‘or usullarini joriy etishlari;

8) yerlarni muhofaza qilish yuzasidan, shu jumladan sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rishlari shart deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               R.M.Mirzaaxmedov