Янгиликлар
Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkalari berish to‘g‘risida
Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkalari berish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 48-moddasiga asosan: Qishloq xo‘jaligi kooperativi — qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshirish uchun pay usuliga, jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan mustaqil tijorat tashkiloti.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda (aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar hamda xo‘jalik shirkatlari shaklida) ham tuzilishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish maqsadida yer uchastkalari beriladi, mazkur yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilgan taqdirda esa ular ijaraga qo‘shimcha yer uchastkalari olishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlariga va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar jamoat egaligidagi yerlardan va fuqarolarga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yerlardan iborat bo‘ladi hamda ulardan faqat belgilangan maqsadda foydalaniladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi kooperativlariga, qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga elektron onlayn-auksion orqali beriladi. Yer uchastkasining ijara shartnomasi qishloq xo‘jaligi kooperativi raisi, boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasi, muassasasi, tashkiloti rahbari bilan tuman hokimi o‘rtasida tuziladi. Yer uchastkalarini olgan qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestridan elektron ko‘chirma beriladi.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining yer uchastkalariga bo‘lgan huquqi ular uyushmalar va boshqa agrosanoat birlashmalari tarkibiga kirganida saqlanib qoladi deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov