Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari to‘g‘risida


Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari to‘g‘risida

 

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 64-moddasiga asosan: Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga quyidagilar kiradi:

maydonlar, ko‘chalar, tor ko‘chalar, yo‘llar, sug‘orish tarmog‘i, sohil bo‘yi yerlari va shu kabi yerlar;

aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, bog‘lar, sayilgohlar, xiyobonlar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);

kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (qabristonlar, chiqindilarni zararsizlantirish va ulardan foydalanish joylari va boshqa shu kabi joylar).

Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ob’ektlarni saqlash vazifalari o‘z zimmasiga yuklatilgan davlat organlari, muassasalari va korxonalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga doimiy foydalanishga beriladi, bunday ob’ektlar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari davlat mulki sifatida shahar, tuman davlat hokimiyati organlarining bevosita tasarrufida bo‘ladi.

Aholi punktlaridagi suv havzalarining sohil bo‘yi yerlari va qirg‘oq mintaqasidan birinchi navbatda dam olish va sport maqsadlarida foydalaniladi.

Umumiy foydalanishdagi yerlarda bu yer qaysi maqsadga xizmat qilsa, faqat shunga mos keladigan imorat va inshootlar qurishga ruxsat beriladi.

Yo‘llar va ariq tarmoqlari egallagan yerlardan tashqari umumiy foydalanishdagi yer uchastkalari ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan tashkilotlar tomonidan yuridik shaxslarga va fuqarolarga yengil turdagi ob’ektlar (savdo chodirlari, do‘konchalar, reklama konstruksiyalari va shu kabilar) qurish uchun elektron onlayn-auksion vositasida qisqa muddatli ijaraga berilishi mumkin deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               R.M.Mirzaaxmedov