Янгиликлар
Harbiy xizmatchilarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi to‘g‘risida
Harbiy xizmatchilarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining ichki xizmat nizomiga asosan: O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining Ichki xizmat nizomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 oktyabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan. Ushbu Nizom Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilarining umumiy huquqlari va majburiyatlarini va ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni, brigada mansabdor shaxslarining asosiy majburiyatlarini, shuningdek, ichki tartib qoidalarini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qismlarining, shtablarining, boshqarmalarining, muassasalarining, korxonalarining, tashkilotlaring va harbiy bilim yurtlarining barcha harbiy xizmatchilari ichki xizmat Nizomiga amal qiladilar. Nizom qoidalari, shu jumladan brigada mansabdor shaxslarining majburiyatlari ham barcha harbiy qism va bo‘linmalarning harbiy xizmatchilariga teng darajada taalluqlidir. Mansabdor shaxslarning Nizomda zikr etilmagan majburiyatlari tegishli qoidalar, qo‘llanma va dasturilamallar bilan belgilanadi. Nizomning tatbiqi chegara qo‘shinlari va Davlat xavfsizlik xizmati qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlari, O‘zbekiston Respublikasi boshqa tegishli vazirliklari va idoralarining harbiy xizmatchilariga ham joriy etiladi. Urush davridagi dala sharoitlarida va tinchlik davridagi harbiy xizmatchilarni jangdagi amallarga o‘rgatish bo‘yicha o‘quvlarda va mashg‘ulotlarda ichki xizmat jangovar nizomlar, jangovar harakatlarni ta’minlash bo‘yicha qo‘llanmalar, shuningdek mazkur Nizom bilan belgilanadi deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov