Янгиликлар
Harbiy xizmatchilarning huquqlari to‘g‘risida
Harbiy xizmatchilarning huquqlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining ichki xizmat nizomiga asosan: Harbiy xizmatchilarining huquqlari va ulardan harbiy xizmatning xususiyatlarini hisobga olgan holda foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadi. Biror kishi harbiy xizmatchilarni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan huquqlardan cheklash huquqiga ega emas. Harbiy xizmatchilarning o‘z huquqlaridan foydalanishi jamiyatning, davlatning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga, harbiy xizmatga, boshqa harbiy xizmatchilar va turli fuqarolarning huquqlariga putur yetkazmasligi lozim. Davlat harbiy xizmatchilarning ijtimoiy va huquqiy mohofazasini kafolatlaydi, ularga yetarli va munosib turmush darajasini yaratish, 5xizmat va maishiy sharoitini yaxshilash boyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Harbiy xizmatchilarning huquqlarini ta’minlashva qo‘riqlashdavlat hokimyati va mahaliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining, sudlarning, huquqni muhofaza qilish organlarining, harbiy boshqaruv organlari va komandirlarning (boshliqlarning) zimmasiga yuklanadi. Harbiy xizmatchi Harbiy qasamyodni qabul qilgunga qadar harbiy lavozimga tayinlanishi, jangovar topshiriqlarni bajarishga (jangovar harakatlarda ishtirok etishga, jangovar navbatchilikka, jangovar xizmatga, qorovullik xizmatini o‘tashga) jalb etilishi, qurol-aslaha va harbiy texnika biriktirilishi mumkin emas. Harbiy xizmatchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlaridan foydalanishi bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslikda aybdor bo‘lgan komandirlar (boshliqlar) buning uchun qonunlarda belgilangan javobgarlikka tortiladilar. Harbiy xizmachilar harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish chog‘ida, zarur bo‘lgan hollarda esa xizmatdan tashqari vaqtda ham qurol saqlash, olib yurish, qo‘llash va foydalanish huquqiga egadirlar. Harbiy xizmatchilarning qurol saqlash qoidalari va qo‘llash tartibi Nizom bilan belgilanadi. Harbiy xizmatchilar:- agar boshqacha yo‘llar va vositalar bilan muhofaza qilish mumkin bo‘lmasa, qo‘riqlanadigan harbiy va davlat inshoatlariga, shuningdek, harbiy qism va bo‘linmalar qarorgohlariga, harbiy qism imoratlari va inshoatlariga, harbiy eshalonga, mashinalar kalonnalariga, yakka transport vositalariga va qorovulga to‘da bo‘lib yohud qurolli hujumni qaytarish uchun;- agar boshqacha yo‘llar va vositalar bilan muhofaza qilish mumkin bo‘lmasa, qurol va harbiy texnikani zo‘ravonlik bilan egallashga bo‘lgan urunishlarning oldini olish uchun;- agarboshqachayo‘llarvavositalar bilanmuhofazaqilishningiloji bo‘lmasa, harbiy hizmatchilarni va fuqarolarni ularning hayotiga va sog‘lig‘iga tajavus qiladigan xujumlardan muhofaza qilish uchun;- agar boshqacha yo‘llar va vositalar bilan qarshilikni bostirish, jinoyatchini ushlashyohudqurolnitortibolishningilojibo‘lmasa,jinoyat sodir qilgan yohud og‘ir va xavfli jinoyat sodir qilish ustida qo‘lga yushganda qurolli qarshilik ko‘rsatgan shaxsni, shuningdek, qurolni topshirish to‘g‘risidagi qonuniy talabni bajarishdan boyin tovlagan qurollangan shaxsni ushlash uchun eng so‘ngi chora sifatida qurolni shaxsan yohud bo‘linma tarkibida qo‘llash huquqiga egadirlar. Qorovul tarkibida harbiy xizmatchi qurolni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining garnizon va qorovullik xizmatlari Nizomida belgilangan hollarda va tartibda qo‘llash huquqiga egadir. Komandir (boshliq), bundan tashqari, bo‘ysunuvchining bo‘yin tovlashi Vatanga hiyonat qilishga yohud jangovar sharoitlarda jangovar 6topshiriqlar bajarilishini barbod etishga qaratilgan ochiq-oydin xattiharakatlarda namoyon bo‘lganda intizom va tartibni tiklash uchun qurol ishlatish yohud qurol ishlatishga buyruq berish huquqiga egadir. Qurol ishlatishdan oldin uni ishlatish to‘g‘risida ogohlantirish zarur. Qurol to‘satdan yohud qurolli hujum chog‘ida, jangovar texnika, transport vositalari, uchish apparatlari, dengiz va daryo kemalaridan foydalanilgan hujum chog‘ida, qamoqdan qurol bilan yohud transport vositalaridan foydalanib qochish vaqtida, shuningdek transport vositalaridan ularning harakatlanishi chog‘ida, tunda yohud ko‘rinish cheklangan boshqa sharoitlarda tashlab qochish paytida ogohlantirishsiz qo‘llanilishi mumkin. Harbiy xizmatchilar trevoga yohud yordam chaqirig‘i signali berish, shuningdek, odamlar hayoti yoki sog‘ligiga tajovvus qiluvchi hayvonlarga qarshi qurol ishlatish huquqiga ega. Qurol ishlatish va foydalanish chog‘ida harbiy xizmatchi atrofdagi fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun iloji bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga,zarur hollardaesajabrlanuvchilargateztibbiyyordam ko‘rsatishga majburdir. Ayollar va balog‘at yoshiga yetmaganlarga nisbatan, agar boshqa yo‘llar va vositalar bilan bunday xujum yohud qarshilikni qaytarishning iloji bo‘lmasa, ularning xarbiy hizmatchi va boshqa fuqarolarning hayotiga xavf soluvchi qurolli xujumlari, qurolli qarshilik ko‘rsatishi yohud to‘da bo‘lib xujum qilishi hollari bundan mustasno, qurol ishlatish mumkin emas. Harbiy xizmatchi har bir qurol ishlatilishi yohud foydalanishi to‘g‘risida komandirga (boshliqqa) bildiruv beradi deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov