Янгиликлар
Harbiy xizmatchilarning lavozimi va maxsus majburiyatlari to‘g‘risida
Harbiy xizmatchilarning lavozimi va maxsus majburiyatlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining ichki xizmat nizomiga asosan: Har bir harbiy xizmatchi egallagan lavozimiga binoan unga topshirilgan vakolatlar va vazifalar hajmini va amalda bajarish chegarasini belgilovchi lavozim majburiyatlariga ega bo‘ladi. Lavozim majburiyatlaridan faqat xizmat manfaatlari yo‘lida foydalaniladi. Bu majburiyatlar harbiy nizomlar, shuningdek, mazkur Nizomning talablariga muvofiq keluvchi tegishli dasturilamallar, qo‘llanmalar, qoidalar yo‘l-yo‘riqnomalar yoxud bevosita boshliqlarning yozma buyruqlari bilan belgilanadi. Harbiy xizmatchilar jangovar navbatchilikda (jangovar xizmatda), sutka va garnizon naryadida turganda, shuningdek, tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatishga jalb etilganda va boshqa favqulodda holatlarda maxsus majburiyatlarni bajaradilar. Bu majburiyatlar va ularni bajarish tartibi qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlari va ular asosida ishlab chiqilgan boshqa huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. 11Harbiy xizmatchilar maxsus majburiyatlarni ijro etish uchun qonunchilik hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlari bilan belgilangan qo‘shimcha huquqlarga ega bo‘ladilar deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov