Янгиликлар
Umumta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida
Umumta’lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qaror bilan tasdtqlangan nizomga asosan asosan: Maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta’lim muassasasi tomonidan ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi.
Bunda biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan va haqiqatda yashovchi oila farzandlari inobatga olinadi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tasarrufidagi maktablarga navbatga qo‘yilmagan holda joylashtiriladi.
Umumta’lim muassasalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va hududiy xalq ta’limi boshqaruv organlari maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga, o‘rta maxsus va boshlang‘ich professional ta’lim muassasalariga to‘liq qamrab olish, o‘quvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.
Umumta’lim muassasasi rahbariyati mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumta’lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul hisoblanadi.
Maktab yoshidagi bolalarni umumta’lim muassasasiga jalb etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining I sinfiga bolalar yetti yoshga to‘ladigan yilda tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi.
Olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlash Maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Maktab yoshidagi bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Bolalarni umumta’lim muassasasining I sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan quyidagi hujjatlar topshiriladi:
ota-onalar tomonidan umumta’lim muassasasi direktori nomiga ariza;
bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;
bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati;
2027/2028 o‘quv yilidan boshlab — boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlovdan o‘tganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikat.
Bolalar umumta’lim muassasasining I sinfiga tayyorgarlik darajasidan qat’i nazar, tanlovsiz qabul qilinadi, musiqa va san’atga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bundan mustasno.
Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseylari hamda musiqa va san’atga ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalariga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘qishga qabul qilinayotgan bolalarning ota-onalari umumta’lim muassasasi ustavi, ichki tartib-qoidalari va ta’lim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtirilishi lozim.
Umumta’lim muassasasida hujjatlarni yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Umumta’lim muassasasi rahbariyati har yili iyun — avgust oylarida o‘qishga qabul qilish ishlarini tashkil etish uchun zarur choralarni ko‘radi.
Xorijiy fuqarolarni umumta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ota-onalar farzandlarini o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan keyin bir sinfdan boshqa sinfga yoki bir umumta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish huquqiga ega.
O‘quvchilarni sinfdan sinfga, bir umumta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi deb qayt etilgan.
Bekobod tumani Adliya bo‘limi
YUXKM bosh yuriskonsulti R.M.Mirzaaxmedov