Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida


O‘quvchilar sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida

 

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qaror bilan tasdtqlangan nizomga asosan asosan: O‘quvchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish umumta’lim muassasalariga tibbiyot muassasalari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Tibbiyot xodimlari maktab rahbariyati va pedagog xodimlar bilan bir qatorda davolash-profilaktika tadbirlarini tashkil etish, sanitariya normalari, qoidalari va gigiena normativlariga rioya qilish, ovqatlanish rejimi va sifatiga, o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikni o‘tkazish va sog‘lomlashtirish uchun mas’uldirlar.

Umumta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimlarining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (maxsus joy, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.

Umumta’lim muassasasi o‘quvchilarini har yilgi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini psixologik jihatdan ta’minlash psixologlar tomonidan amalga oshiriladi.

Og‘zaki nutq nuqsonlari va tovush talaffuzida kamchiliklari bo‘lgan o‘quvchilarga korreksion-logopedik yordam berish maqsadida umumta’lim muassasasida o‘qituvchi-logopedlar (defektologlar) faoliyat yuritadigan logopediya shoxobchasi tashkil etilishi mumkin.

Logopediya shoxobchasining tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi deb qayt etilgan.

 

Bekobod tumani Adliya bo‘limi

YUXKM bosh yuriskonsulti                               R.M.Mirzaaxmedov