Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ayrim dehqonlarga 100 million so'mgacha subsidiya ajratiladi


Ayrim dehqonlarga 100 million so'mgacha subsidiya ajratiladi

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenining 14.02.2025 yildagi “Tomorqa yer egalari va dehqon xo'jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-22-son Farmoniga ko'ra, Dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan quyidagi moliyaviy qo'llab-quvvatlashning quyidagi tartiblari joriy etiladi:

v har yili 500 ta mahallada bittadan aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovatsion loyiha uchun BHMning 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi;

v usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli o'quv kurslarini tashkil etish bilan bog'liq xarajatlarni qoplash uchun har bir kurs uchun BHMning 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi;

v muayyan mahalladagi 50 foiz xonadonlarning tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo'lga qo'yib bergan usta dehqonlarga 100 million so'mgacha subsidiya ajratiladi;

v tomorqa yer egalari va dehqon xo'jaliklari hamda ularga xizmat ko'rsatuvchi subyektlarga tijorat banklari orqali qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta ishlash, quritish, saqlash va qadoqlash loyihalari uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada (shundan 5 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi;

v aholi tomorqalari va ijara yerlarida ixcham muzlatkichli omborxonalar, qadoqlash, quritish va qayta ishlash uskunalari, tayyor holdagi issiqxonalar 24 oylik imtiyozli davr bilan 5 yilda bo'lib to'lash sharti bilan lizingga beriladi.

 

 

Ohangaron shahar YXKM rahbari                                        B.O’smonov