Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta'sirni baholash va strategik ekologik baholash to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-1036-son, 24.02.2025 y.) qabul qilindi


Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta'sirni baholash va strategik ekologik baholash to'g'risida”gi Qonun (O'RQ-1036-son, 24.02.2025 y.) qabul qilindi

 

Qonunga ko'ra, ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi tarzida amalga oshiriladi. Ekologik ekspertiza obyektlari quyidagilardan iborat va ular davlat ekologik ekspertizasidan o'tkazilishi shart:

▪️ barcha turdagi qurilishlar uchun yer uchastkalarini tanlash va ajratish materiallari;

▪️ loyihaoldi va loyiha hujjatlari;

▪️ tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan xo'jalik faoliyatini hamda boshqa faoliyatni tartibga soluvchi normativ-texnik va yo'riqnoma-uslubiy hujjatlar, shu jumladan texnik reglamentlar va shartlarning, standartlarning, qoidalar hamda yo'riqnomalarning loyihalari;

▪️ chiqindilarni zararsizlantirish, qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun yangi turdagi texnologiyalarni hamda texnika vositalarini, materiallar, buyumlarni, biologik, kimyoviy moddalarni va vositalarni yaratish bo'yicha hujjatlar;

▪️ atrof-muhitning holatiga va inson sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi ishlab turgan korxonalar hamda boshqa obyektlar;

▪️ maxsus huquqiy rejimga ega bo'lgan obyektlar.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta'sirni baholash va strategik ekologik baholash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.

Davlat ekologik ekspertizasining xulosasi quyidagi muddatlarda yuridik kuchga ega bo'ladi:

·     atrof-muhitga ta'sirni baholash materiallari bo'yicha – xulosa berilgan kundan e'tiboran 3 yil mobaynida;

·     ekologik normativlar loyihalari bo'yicha – xulosa berilgan kundan kundan e'tiboran 5 yil mobaynida.

 

Ohangaron shahar YXKM rahbari                                                            B.O’smonov