Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

O’zbekiston va Qirg’iziston fuqarolari o’zaro kelib-ketishlari to’g’risidagi bitimga o’zgartirish kiritildi


O’zbekiston va Qirg’iziston fuqarolari o’zaro kelib-ketishlari to’g’risidagi bitimga o’zgartirish kiritildi

 

2025-yil 24-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi PQ-74-sonli Qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga ko'ra, 2006-yil 3-oktabrdagi O'zbekiston Respublikasi va Qirg'iziston Respublikasi Hukumatlari o'rtasida fuqarolarning o'zaro kelib-ketishlari to'g'risidagi bitimga o'zgartirishlar kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi. Ushbu Bayonnoma 2024-yil 18-iyul kuni Toshkent shahrida imzolangan.

Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati CHegara qo'shinlari ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.

 

Ohangaron shahar YXKM

Bosh yuriskonsulti                                                           B.Hamroyev