Янгиликлар
Mulk huquqi dahlsizligi ta’minlanadi.
Mulk huquqi dahlsizligi ta’minlanadi.
2022 yil 22 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-son Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlardan foydalanishda xususiy mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini cheklashni nazarda tutuvchi quyidagi tartiblar, talablar va cheklovlar bekor qilinadi:
yer uchastkalariga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan hujjatlarni, shu jumladan Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarini ularning o‘zi yoki yuqori turuvchi organ va mansabdor shaxslar tomonidan, xususan prokuror protesti asosida bekor qilish yo‘li bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tugatish;
yer uchastkasidan ixtiyoriy voz kechilganda unga bo‘lgan huquqning bekor qilinishini Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan rasmiylashtirish;
yuridik shaxs tugatilishi munosabati bilan uning yer uchastkasiga (qishloq xo‘jaligi yerlaridan tashqari) bo‘lgan huquqlarini bekor qilish;
yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishda kompensasiya sifatida davlat mulkidagi boshqa ko‘chmas mulk ob’ektini mulk qilib berish;
Turar joyga bo‘lgan mulkiy huquqlarni amalga oshirish bo‘yicha:
turar joyga nisbatan mulkiy huquqlarga yoki turar joy mulkdori bilan qarindoshlik aloqalariga ega bo‘lmagan shaxslarni ushbu turar joydan doimiy ro‘yxatdan chiqarish uchun ularning roziligini olish;
sud tomonidan turar joyga nisbatan insofli egallovchi deb topilgan jismoniy shaxsdan ushbu turar joyni unga nisbatan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab uch yil o‘tgach natura shaklida talab qilib olish;
Jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi bilan tegishli bo‘lgan bino va inshootlar, transport vositalaridan foydalanish bo‘yicha mulkiy huquqlarning vujudga kelishi uchun asos bo‘lgan ma’muriy hujjatlarni ushbu hujjatni qabul qilgan yoki yuqori turuvchi ma’muriy organ va mansabdor shaxslar tomonidan, xususan prokuror protesti asosida bekor qilish yo‘li bilan huquqlarni tugatish;
Ohangaron shahar FHDYo mudirasi M.Axmedova