Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

#Qonunchilikdagi_yangiliklar


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

 

Qaror (PQ-296-son, 21.08.2024 y.) bilan Prezidentning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi

 

Qarorga ko‘ra, Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

 

“katta leytenant” – 3 yil;

“kapitan” – 4 yil;

“mayor” – 5 yil;

“podpolkovnik” – 6 yil”.

 

Shuningdek, Davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

 

“bojxona xizmati katta leytenanti” – 3 yil;

“bojxona xizmati kapitani” – 4 yil;

“bojxona xizmati mayori” – 5 yil;

“bojxona xizmati podpolkovnigi” – 6 yil”.

 

Bundan tashqari, Fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, harbiy xizmatchilar uchun harbiy unvonlardagi xizmat muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

 

“katta leytenant” harbiy unvonida – 3 yil;

“kapitan” harbiy unvonida – 4 yil;

“mayor” harbiy unvonida – 5 yil;

“podpolkovnik” harbiy unvonida – 6 yil”.

 

Shu bilan birga, Milliy gvardiya xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilib, maxsus unvonda xizmat o‘tash muddatlarining ayrimlari quyidagicha belgilanadi:

 

“katta leytenant” – 3 yil;

“kapitan” – 4 yil;

“mayor” – 5 yil;

“podpolkovnik” – 6 yil”.

 

Qibray tuman Adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti                                        A.T.Toʻqsonov