Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

#Qonunchilikdagi_yangiliklar



#Qonunchilikdagi_yangiliklar

 

“O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-204-son, 03.06.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining yuridik shaxs tashkil etmagan holda byudjetdan tashqari jamg'armasi (Jamg'arma) tashkil etiladi.

2025-yil 1-yanvargacha quyidagi axborot tizimlari (hisobga olish axborot tizimi) joriy etiladi:

iste'mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimi;

iste'mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo'yicha xavfni tahlil qilish tizimi;

iste'mol va texnik etil spirti tashuvchi avtotransport vositalari harakatini markazlashtirilgan tarzda monitoring va nazorat qilish imkoniyatiga ega geoaxborot tizimi.

Bunda:

2025-yil 1-yanvargacha hisobga olish axborot tizimlari o'zaro axborot almashinuvini yo'lga qo'yish uchun Soliq qo'mitasi, Bojxona qo'mitasi, Kadastr agentligi, “O'zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ, “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi hamda boshqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.

 

Qibray tuman YXKM
bosh yuriskonsulti                                                                 J.Abdusatarov