Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

O‘LIMNI QAYD QILIShDA FHDY BO‘LIMLARIDA YARATILGAN QULAYLIK


O‘LIMNI QAYD QILIShDA FHDY BO‘LIMLARIDA YARATILGAN QULAYLIK

Hozirgi kunda ayrim davlat xizmatlarining “kompleks tarzda” ko‘rsatilishining yo‘lga qo‘yilishi bilan aholining ortiqcha ovoragarchiliklarining oldi olinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 25-fevraldagi 89-son qaroriga ko‘ra, o‘limni qayd qilish bilan bo‘gliq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. Ushbu reglamentga aosan tibbiyot muassasai xodimi – o‘lim holati tasdiqlangandan so‘ng, vafot etgan shaxs haqidagi ma’lumotlarni FHDYo bo‘limiga avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuboradi. O‘lim haqidagi tibbiy ma’lumotnoma kelib tushishi bilan “FHDYoning yagona electron arxivi” axborot tizimi orqali o‘lim haqida dalolatnoma yozuvini avtomatik ravishda qayd etadi va o‘lim haqidagi ma’lumotnomani tibbiyot muassasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining axborot tizimiga elektron shaklda yuboradi. Vafot etgan shaxslarning yaqin qarindoshlari va merosxo‘rlarining istalgan vaqtdagi talabiga aosan ularga o‘lim haqidagi ma’lumotnomani gerbil guvohnomada eksterritorial tartibda rasmiylashtirib beradi. Ya’ni bu qulaylik bir vaqtning o‘zida pensiya jamg‘armasi “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali kelib tushgan ma’lumot asosida vafot etgan shaxsga tayinlangan pensiya va/yoki nafaqa to‘lovini axborot tizimida avtomatik ravishda to‘xtatadi va hsuningdek, tijorat bankining elektron ma’lumotiga asosan axborot tizimida dafn etish uchun to‘langan nafaqalar ro‘yxatini shakllantiradi va hisobini yuritadi. Tijorat banki dafn etish uchun nafaqa to‘lovini olish maqsadida murojaat qilgan fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqini FHDYo bo‘limi tomonidan o‘lim haqidagi gerbli guvohnoma yoki tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan o‘lim haqidagi ma’lumotnoma asosida Pensiya jamg‘armasiga elektron so‘rov yuborish orqali tasdiqlaydi hamda oldindan moliyalashtirilgan mablag‘lar hisobidan nafaqa to‘lovini amalga oshiradi.

 

Chirchiq shahar YUXKM

Bosh yuristkonsulti R.Aqnazarov