Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

“Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–415-son, 08.11.2022 y.) qabul qilindi.


“Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–415-son, 08.11.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi:

quyidagi tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish:

mas’uliyati cheklangan jamiyatlar;

aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;

MChJning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

MChJning vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash;

MChJda zaxira jamg‘armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash.

2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi.

2023-yil 1-apreldan:

MChJ ustav fondiga qo‘shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko‘p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emas;

yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o‘tgan hisoblanadi.

2023-yil 1-yanvardan boshlab ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi

50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi majlisi va ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yig‘ilishi bayonlari ular rasmiylashtirilgandan so‘ng o‘n kun muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Davlat mulki” axborot tizimida joylashtiriladi.

Chirchiq shahar YUXKM

Bosh yuristkonsulti R.Aqnazarov