Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

“Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–415-son, 08.11.2022 y.) qabul qilindi.


“Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–415-son, 08.11.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-dekabrdan tijorat tashkilotlari faoliyatida quyidagi talablar bekor qilinadi: quyidagi tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish:

mas’uliyati cheklangan jamiyatlar; aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari; MChJning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

MChJning vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash; MChJda zaxira jamg‘armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash. 2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi. 2023-yil 1-apreldan:

MChJ ustav fondiga qo‘shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko‘p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emas; yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga o‘tgan hisoblanadi. 2023-yil 1-yanvardan boshlab ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi majlisi va ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yig‘ilishi bayonlari ular rasmiylashtirilgandan so‘ng o‘n kun muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Davlat mulki” axborot tizimida joylashtiriladi.

Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan xodimning o‘qishi boshlangan vaqtda unga ish haqi saqlangan holda ta’til beriladimi?

oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida 20 kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida — kamida 10 kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga esa — kamida 30 kun;

oliy ta’lim tashkilotlarida kechki ta’lim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga — kamida 30 kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida — kamida 20 kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kasb hunar ta’limi tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotganlarga esa kamida 40 kalendar kun muddatga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.

Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganiga nisbatan davomiyligi ko‘proq bo‘lgan o‘quv ta’tillari nazarda tutilishi mumkin.

Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat ta’tillari ular o‘quv ta’tillaridan foydalanganligidan qat’i nazar beriladi.

Ish beruvchi oliy ta’lim tashkilotlarida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun ta’lim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘lkira haqining ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorini to‘laydi. Davlat attestatsiyasidan o‘tish uchun xuddi shunday miqdorda yo‘lkira haqi to‘lanadi deb ko‘rsatilgan.

Bolalar nafaqasi qanday tartibda va necha yoshgacha to‘lanadi?

Bolalar nafaqasi oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib tayinlanadi. Bolalar nafaqasi 12 oy muddatga tayinlanadi, biroq oilaning eng kichik yoxud yagona bolasi tegishlicha o‘n sakkiz yoshga to‘lgan oyning oxirigacha to‘lanadi.

Moddiy yordam bola(bolalar)siz yoki barcha bolalari 18 yoshdan katta bo‘lgan oilalarga va yakka-yolg‘iz fuqarolarga 6 oy muddatga tayinlanadi va to‘lanadi. Agar bir oilada tug‘ilgan, farzandlikka olingan yoki vasiylikka qabul qilingan bolalar egizak bo‘lsa, ularning biri yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan kichik bola, keyingilari mos ravishda ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi hisoblanadi. Oilani kam ta’minlangan deb e’tirof etish hamda ularga bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi qarorlar “Yagona reyestr” ATda shakllantiriladi va qabul qilinadi. Bolalar nafaqasi va moddiy yordam ushbu Nizomda belgilangan tartibda oila a’zolarining taqdim etgan arizalariga asosan “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan oila deb e’tirof etilgandan so‘ng tayinlanadi. “Yagona reyestr” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oilalar (shaxslar) qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotnomalarni taqdim etmasdan, qonunchilik hujjatlarida ushbu toifadagi oilalar (shaxslar)ga belgilangan tartibda bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlardan foydalanishga haqlidir. Kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila to‘g‘risida ma’lumotnomani Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali olish mumkin.

Kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam (ijtimoiy nafaqa) tayinlash va to‘lash qo‘yidagi sxema orqali amalga oshiriladi.

Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun ariza zarur hujjatlar bilan birga bevosita ariza beruvchining doimiy yoki vaqtincha yashash manzilidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga taqdim etiladi va ro‘yxatga olinadi. Ariza fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan maxsus ro‘yxatga olish daftarida qayd etiladi, bunda arizaning berilgan sanasi, ariza beruvchining ismi, familiyasi, otasining ismi va yashash manzili ko‘rsatiladi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

ariza beruvchi va oila a’zolarining O‘zbekiston Respublikasi pasporti yoki ID-kartalari (bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi);

chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash guvohnomalari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomalari yoki ID-kartalari hamda yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida qayd varag‘i (bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan ushbu hujjatlarning nusxasi olinib, asli arizachiga qaytariladi);

bolalari vasiylik ostida bo‘lgan taqdirda, arizaga vasiylik va homiylik organi qarorining nusxasi ilova qilinadi; va boshqalar.

Bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

250 000 so‘m — 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun,

325 000 so‘m — yoshi 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun;

150 000 so‘m — oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha;

100 000 so‘mdan — oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun;

Tezlikni oshirish bo‘yicha bayonnoma 48 soat ichida rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladimi?

O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining

271-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar Quyidagi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim: 13) agar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ma’lumot jarima solish haqida qaror chiqarishga vakolatli bo‘lgan shaxsga 48 soat ichida yuborilmagan bo‘lsa.

Agar ma’muriy bayonnoma 48 soat ichida rasmiylashtirilmagan bo‘lsa shu moddaga asosan jarimani bekor qilish uchun 10 kun ichida sudga ariza bilan murojaat qilish lozim.

Ishsizlik nafaqasini to‘lash tartibi qanday?

Belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega. Ishsizlik nafaqasini to‘lash ishsiz shaxsning yashash joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ishsizlik nafaqasiga soliq solinmaydi.

Ishsizlik nafaqasi ishsiz deb tan olingan shaxsga u mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran hisoblanadi va to‘lanadi. Ishsizlik nafaqasi 12 (o‘n ikki) oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 (yigirma olti) kalendar hafta davomida to‘lanadi. To‘liq bo‘lmagan kalendar oy uchun ishsizlik nafaqasini to‘lash chog‘ida ishsizlik nafaqasi mazkur nafaqa to‘lanishi kerak bo‘lgan ushbu kalendar oydagi kunlar sonining to‘liq kalendar oydagi kunlar soniga mutanosib miqdorda to‘lanadi. Ishsizlik nafaqasini olish davrida ishsiz shaxs kasal bo‘lgan taqdirda ishsizlik nafaqasini ishsiz shaxsning qarindoshlari (otasi, onasi, eri (xotini), voyaga yetgan bolalari) yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida ishsiz shaxsning boshqa ishonchli shaxslari tomonidan olishga yo‘l qo‘yiladi.

O‘z mehnat stajini hujjat bilan tasdiqlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslarga ishsizlik nafaqasini tayinlash chog‘ida ularga ilgari ishlamaganlar va birinchi marta ish qidirayotganlar sifatida qaraladi. Ishsizlik nafaqasini olish davrida ishsiz shaxs ish qidirishi va ishga joylashtirishga doir yo‘llanma (ishga joylashishga ko‘maklashish yuzasidan murojaatnoma) yoxud kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga yoki malakasini oshirishga yo‘llanma olish uchun 2 haftada kamida bir marta mahalliy mehnat organiga murojaat qilishi shart. Ishsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to‘lanadi ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) so‘nggi 12 oylik davr ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oz bo‘lmagan va nafaqani hisoblash paytida O‘zbekiston Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda; ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan hamda uzoq (1-yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida; ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining kamida 75 foizi miqdorida. Harbiy xizmatdan, ichki ishlar organlaridan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyasi organlaridan va boshqa harbiy xizmat nazarda tutilgan idoralardan bo‘shatilishi munosabati bilan ish haqidan mahrum bo‘lgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.

 

Qanday qilib nikohni sud tartibida bekor qilish mumkin?

Birgalikda farzandlar bo‘lgan taqdirda nikohni bekor qilish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish kerak.

Kerakli hujjatlar:

pasport nusxalari (ID-karta);

bolalarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi (nusxasi);

nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma (asl nusxasi);

davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiya (2 BHM). Takroriy nikoh bekor qilingan taqdirda (4 BHM).

Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.

Sud ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli.

Nikohdan ajralishni sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDYo organida qayd etish er yoki xotinning yoxud er yoki xotindan birining ishonchnoma asosida harakat qiluvchi vakilining nikohdan ajralishni qayd etish to‘g‘risidagi arizasi asosida amalga oshiriladi. Bunda arizaga sudning hal qiluv qarori ilova qilinadi.

Sud qarori bilan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi guvohnomani olish uchun nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi FHDYo bo‘limiga murojaat qilishingiz kerak.

Ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan mahkumlar masofadan turib nazorat qilish uchun mo‘ljallangan elektron brasletni taqib yurishni rad qilishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-dekabrdagi 813-son qarori bilan tasdiqlangan "Uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxslarni elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibi to‘g‘risida"gi

NIZOMning 27-bandiga asosan uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan shaxs o‘ziga elektron braslet taqilishini rad etsa ozodlikni cheklash jazosini ijro etish joyida bo‘lishini elektron braslet orqali masofadan turib nazorat qilish tartibini buzish deb hisoblanadi

Yangi qonunga asosan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarining qanday toifalariga egalik huquqi beriladi?

O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunining 1-moddasiga asosan:

1) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga;

2) fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan yer uchastkasi maydonidan 2018-yil 1-mayga qadar ortiqcha egallagan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga;

3) o‘zboshimchalik bilan qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarga bo‘lgan mulk huquqini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etilgan Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari (bundan buyon matnda Ko‘chmas mulkka nisbatan huquqni e’tirof etish ishlarini tashkil etish bo‘yicha tuman (shahar) komissiyalari deb yuritiladi) tomonidan e’tirof etish mumkin deb topilganligi hollariga yoki uni e’tirof etish rad etilganligi yoxud arizalarning ko‘rib chiqilishi bir martalik umumdavlat aksiyasining muddati o‘tganligi sababli yakuniga yetmaganligi hollariga;

4) 2021-yil 8-iyunga qadar tuman (shahar) hokimining qaroriga ko‘ra qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga yoki rezident bo‘lgan yuridik shaxslarga ajratilgan, tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan yer uchastkasiga (bundan shunday yer uchastkasida ikki yil ichida binolar va inshootlar qurilmagan yoki ularning qurilishi boshlanmagan yoxud yer uchastkasidan maqsadsiz foydalanilgan hollar mustasno);

5) fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylariga hamda ular egallagan yer uchastkasiga;

6) 2020-yil 9-martga qadar kichik sanoat zonalari hududiga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarining yashash uchun mo‘ljallanmagan binolari va inshootlari yoki ularning qismlari joylashgan yer uchastkasiga;

7) xususiylashtirilgan binolar va inshootlar egallagan yer uchastkasiga;

8) fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq mulk (egalik qilish) huquqi e’tirof etilgan binolari va inshootlari egallagan yer uchastkasiga nisbatan huquqlarni e’tirof etiladi.

 

Chirchiq shahar YUXKM

Bosh yuristkonsulti R.Aqnazarov