Янгиликлар
Xodim ta'tildan chaqirib olinsa, unga haq to‘lash qanday tartibda bo‘ladi ?
Xodim ta'tildan chaqirib olinsa, unga haq to‘lash qanday tartibda bo‘ladi ?
MK 233-moddasiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.
Ya’ni har yilgi mehnat ta’tili davrida saqlanib qoladigan o‘rtacha ish haqi MK 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqiladi!
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 758-son qaroriga 5-ilova “Alohida hollar uchun xodimlarning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida”gi nizom ish vaqti jamlab hisobga olinganda, uni hisoblab chiqarish uchun qabul qilingan davrda ish vaqti to‘liq ishlab berilmaganda, ushbu davrda ish haqi bo‘lmaganda va boshqa alohida hollar uchun xodimlarning o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish tartibini belgilaydi.
Mazkurning nizomning 3-bobi 8-11-bandlari ta’til vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlashni tartibga soladi!
Nizomning 10-bandiga ko’ra, xodim ta’tildan chaqirib olinsa va ta’tilning qolgan qismi boshqa muddatga ko‘chirilsa, ta’tilning foydalanilmagan qismi kunlariga haq to‘lash uchun o‘rtacha ish haqi belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi va ta’tilning ko‘chirilgan kunlariga to‘g‘ri keladigan to‘langan o‘rtacha ish haqi summasi bajarilgan ish yoki ishlangan vaqt uchun oylik ish haqi hisobiga yoziladi.
Chirchiq shahar adliya bo’limi
YXKM boshlig’I A.Fayziyev