Янгиликлар
Xodimni Navro’z bayrami kunidan yoki Hayit kunidan har yilgi mehnat ta’tiliga chiqarish mumkinmi?
Xodimni Navro’z bayrami kunidan yoki Hayit kunidan har yilgi mehnat ta’tiliga chiqarish mumkinmi?
Mehnat qonunchiligida dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida har yilgi mehnat ta’tiliga chiqarish taqiqlanmagan. Ya’ni xodimni dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ham har yilgi mehnat ta’tiliga chiqarish mumkin. Qonunchilikda hech qanday cheklov yo’q.
MK 228-moddasiga ko’ra, xodim har yilgi mehnat ta’tili beriladigan vaqt to‘g‘risida ta’til boshlanishidan kamida 15 kun oldin xabardor qilinishi kerak.
Shunga ko’ra, savoldagi holatda xodimni Navro’z bayrami kunidan yoki Hayit kunidan kunidan har yilgi mehnat ta’tiliga chiqarilsa noqonuniy hisoblanmaydi. MK 221-moddasi 2-qismiga ko'ra, har yilgi mehnat ta’tili davriga to‘g‘ri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari mehnat ta’tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi.
Xodim har yilgi mehnat ta’tili beriladigan vaqt to‘g‘risida ta’til boshlanishidan kamida 15 kun oldin xabardor qilingan bo'lsa yetarli!
Endi boshqa bir holatni tahlil qilamiz. Xodimning har yilgi mehnat ta’tili tugab ishga chiqish sanasi Hayit kuniga to’g’ri kelib qolsachi, u holatda alohida buyruq chiqarib, xodimning ishga chiqish sanasini o’zgartirasiz (smena asosida ishlaydiganlar smena grafigi bo’yicha ishga chiqaverishadi). Bir nechta xodimlar bo’lsa ham, bitta buyruq chiqarish yetarli hisoblanadi.
Chirchiq shahar adliya bo’limi
YXKM boshlig’I A.Fayziyev