Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Ayol xodimni 3 yoshgacha farzandi bor atestatsiyadan o’tishi majburiymi?


Ayol xodimni 3 yoshgacha farzandi bor atestatsiyadan o’tishi majburiymi?

 

Javob

O‘zbekistonda xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida yagona normativ-huquqiy hujjat mavjud emas. Attestatsiya bilan bog‘liq munosabatlar odatda Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadigan nizomlar asosida tartibga solinadi. Turli sohalar uchun attestatsiyani o‘tkazish tartibi turlicha bo‘ladi. Masalan, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga 1-ilova bilan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” nizom qabul qilingan.

Attestatsiya xodimning egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq yoki muvofiq emasligini tekshirishning bitta yo‘li sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son qarori 29-bandida xodimning noloyiqligi bajarishi shart bo‘lgan, topshirilgan ishni uddalay olmayotganligini isbotlovchi aniq faktlar shu jumladan attestatsiya hujjatlari bilan tasdiqlanishi lozim.

Mehnat kodeksining 409-moddasiga asosan, bolasi uch yoshga to‘lguniga qadar bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan xodim bilan mehnat shartnomasini xodimning malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga loyiq emasligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 3-bandiga muvofiq bekor qilishga xodim ta’tildan chiqqan kundan e’tiboran bir yil ichida yo‘l qo‘yilmaydi.

Savolingizda so‘ralgan uch yoshga yetmagan bolasi bor ayol qaysi kasb vakili ekanligi aytilmagan. Yuqorida aytib o‘tilgan nizomning 6-bandiga asosan, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi. Agar siz so‘ragan holatda ayol pedagog bo‘lsa uni attestatsiyaga qo‘yish mumkin emas.

 

Chirchiq shahar adliya bo’limi

YXKM boshlig’I                                                                      A.Fayziyev