Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Bayram kunlari barcha xodimlar, hattoki 0.5 yoki 0.25 stavkadagilar ham ish (smena)dan kamida 1 soat vaqtli ketadilar va ish haqi kamaytirilmaydi shu qanchalik to’g’ri?


Bayram kunlari barcha xodimlar, hattoki 0.5 yoki 0.25 stavkadagilar ham ish (smena)dan kamida 1 soat vaqtli ketadilar va ish haqi kamaytirilmaydi shu qanchalik to’g’ri?

 

Mehnat kodeksi 187-moddasiga ko’ra (Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasidagi ishning davomiyligi) ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

MK 187-moddasining 1-qismi eski MK 121-moddasi bilan deyarli bir xil.

Faqatgina eski 121-moddadan farqli ravishda, Yangi MK 187-moddasi 2-qism bilan to’ldirilgan. Unga ko’ra, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

MK 187-moddasi 2-qismiga ham e’tibor bering. Agar bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan holatda, yuqoridagi ishlanmaydigan bayram arafasidagi kamida 1 soatlik qisqartirilgan vaqt ish vaqtidan tashqari ish deb baholanadi hamda MK 262-moddasiga ko’ra, ish vaqtidan tashqari ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi yoki xodimning xohishiga ko‘ra ish vaqtidan tashqari ish uchun oshirilgan haq to‘lash o‘rniga ish vaqtidan tashqari ishlab berilgan vaqtning davomiyligiga muvofiq keladigan qo‘shimcha dam olish vaqtini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin.

 

Mehnat kodeksi 208-moddasiga ko’ra, quyidagi kunlar ishlanmaydigan bayram kunlaridir:

1-yanvar — Yangi yil;

8-mart — Xotin-qizlar kuni;

21-mart — Navro‘z bayrami;

9-may — Xotira va qadrlash kuni;

1-sentabr — Mustaqillik kuni;

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;

Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayramining birinchi kuni;

Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayramining birinchi kuni.

 

 

Chirchiq shahar adliya bo’limi

YXKM boshlig’I                                                                      A.Fayziyev