Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Operativ boshqarish huquqi deganda nima tushuniladi?


 

Savol:

Operativ boshqarish huquqi deganda nima tushuniladi?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 178-moddasida Operativ boshqarish huquqi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: davlat muassasasi o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka nisbatan qonunda belgilangan doirada, o‘z faoliyatining maqsadlariga, mulkdorning topshiriqlariga hamda mol-mulkning vazifasiga muvofiq holda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlarini amalga oshiradi.

Davlat muassasasiga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkning egasi ortiqcha, foydalanilmayotgan yoki noo‘rin foydalanilayotgan mol-mulkni olib qo‘yish hamda uni o‘zi xohlagan tarzda tasarruf etishga haqli.

Mulkdorning qarori bilan muassasaga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkni operativ boshqarish huquqi, basharti qonun hujjatlarida yoki mulkdorning qarori bilan boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, ushbu muassasada unga mol-mulk topshirilgan paytdan boshlab vujudga keladi.

Operativ boshqarishda bo‘lgan mol-mulkdan foydalanishdan olingan hosil, mahsulot va daromadlar, shuningdek muassasada shartnoma bo‘yicha yoxud boshqa asoslarda vujudga kelgan mol-mulk ham ushbu Kodeksda, boshqa qonunchilikda mulk huquqini olish uchun belgilab qo‘yilgan tartibda muassasaning operativ boshqarishiga o‘tadi.

Mol-mulkni operativ boshqarish huquqi mulkdorning qaroriga va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra bekor qilinadi.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev