Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Qonunchilikda topilma bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash va ashyoni topib olgan shaxsni taqdirlash qanday belgilangan?


 

Savol:

Qonunchilikda topilma bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash va ashyoni topib olgan shaxsni taqdirlash qanday belgilangan?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 194-moddasida topilma bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash va ashyoni topib olgan shaxsni taqdirlash belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: ashyoni topib olgan hamda uni olishga haqli bo‘lgan shaxsga qaytarib bergan shaxs ana shu shaxsdan, ashyo davlat mulkiga yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga o‘tgan hollarda esa — tegishli davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organidan ashyoni saqlash, topshirish yoki sotish bilan bog‘liq xarajatlarni, shuningdek ashyoni olishga haqli bo‘lgan shaxsni topish uchun ketgan xarajatlarni undirish huquqiga ega.

Ashyoni topib olgan shaxs uni olishga haqli bo‘lgan shaxsdan topilma uchun ashyo qiymatining yigirma foiziga qadar miqdorida mukofot talab qilishga haqlidir. Basharti, topib olingan hujjatlar yoki o‘zga ashyolar ularni olishga haqli bo‘lgan shaxsning o‘zi uchungina qimmatga ega bo‘lsa, mukofot miqdori shu shaxs bilan kelishuv asosida, kelishuvga erishib bo‘lmagan taqdirda esa — sud orqali belgilanadi.

Topilgan ashyoni qaytarib berishni talab qilishga haqli bo‘lgan shaxs topilma uchun ko‘pchilik o‘rtasida mukofot va’da qilgan bo‘lsa, u ko‘pchilik o‘rtasida va’da qilingan mukofotni o‘sha shartlarga muvofiq to‘laydi.

Basharti, ashyoni topib olgan shaxs topilma haqida xabar qilmagan bo‘lsa yoki uni yashirishga uringan bo‘lsa, mukofot olish huquqi vujudga kelmaydi.

 

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev