Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Ulushli mulkdagi ulushlarni aniqlash qanday tartibda amalga oshiriladi?


 

Savol:

Ulushli mulkdagi ulushlarni aniqlash qanday tartibda amalga oshiriladi?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 217-moddasida ulushli mulkdagi ulushlarni aniqlash tartibi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: agar ulushli mulk ishtirokchilarining ulushlari qonun asosida belgilanishi mumkin bo‘lmasa hamda uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, ulushlar teng deb hisoblanadi.

Ulushli mulk barcha ishtirokchilarning kelishuvi bilan ishtirokchilardan har birining ulushini ularning umumiy mol-mulkni vujudga keltirish va ko‘paytirishga qo‘shgan hissasiga qarab aniqlash va o‘zgartirish tartibi belgilanishi mumkin.

Umumiy mol-mulkdan foydalanishning belgilab qo‘yilgan tartibiga amal qilgan holda ushbu mol-mulkni o‘z hisobidan ajratib olish mumkin bo‘lmaydigan tarzda yaxshilagan ulushli mulk ishtirokchisi umumiy mulk huquqidagi o‘z ulushining tegishli darajada ko‘paytirilishiga haqli bo‘ladi.

Umumiy mol-mulkdagi ajratib olish mumkin bo‘ladigan yaxshilashlar, agar ulushli mulk ishtirokchilarining kelishuvi bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, bu yaxshilashlarni amalga oshirgan ishtirokchining mulkiga qo‘shiladi.

Ulushli mulkdagi mol-mulk uning barcha ishtirokchilarining kelishuvi bilan tasarruf etiladi.

 

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev