Янгиликлар
Imtiyozli sotib olish huquqi tartibi haqida tushuntirish bersangiz?
Savol:
Imtiyozli sotib olish huquqi tartibi haqida tushuntirish bersangiz?
Javob:
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 224-moddasida imtiyozli sotib olish huquqi belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: mulkdorlardan biri o‘z ulushini boshqa shaxsga sotgan vaqtida qolgan mulkdorlar sotilayotgan ulushni u sotiladigan narxda va boshqa teng shartlarda imtiyozli sotib olish huquqiga egadirlar, kimoshdi savdosi orqali sotish hollari bundan mustasno.
Umumiy mulkdagi ulushni sotuvchi o‘z ulushini o‘zga shaxsga sotish niyati haqida boshqa mulkdorlarga yozma ravishda ma’lum qilib, ulushning narxini va uni sotishning boshqa shartlarini ko‘rsatishi shart.
Agar qolgan mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirishdan voz kechsalar yoki bu huquqni xabar qilingan kundan e’tiboran ko‘chmas mulkka nisbatan bir oy davomida, boshqa mol-mulkka nisbatan esa — o‘n kun davomida amalga oshirmasalar, sotuvchi o‘z ulushini har qanday shaxsga sotishga haqli bo‘ladi.
Ulush imtiyozli sotib olish huquqini buzgan holda sotilgan taqdirda, boshqa mulkdorlar uch oy mobaynida sotib oluvchining huquq va majburiyatlarini o‘zlariga o‘tkazishni sud tartibida talab qilishga haqlidirlar.
Ulushni sotib olishning imtiyozli huquqini boshqa shaxsga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat organi yoki boshqa yuridik shaxs umumiy mulk bo‘lgan uy-joy (xonadon)dagi o‘z ulushini sotgan vaqtida uyning (xonadonning) tegishli qismida ijaraga oluvchilar sifatida yashayotgan shaxslar ushbu modda qoidalari asosida imtiyozli sotib olish huquqiga ega bo‘ladilar, ular bu huquqdan voz kechsalar yoki uni amalga oshirmasalar — boshqa mulkdorlar bu huquqqa ega bo‘ladilar.
Ushbu moddaning qoidalari ayirboshlash shartnomasi bo‘yicha ulushni boshqa shaxsga berish chog‘ida ham qo‘llaniladi.
Chirchiq shahah adliya bo‘limi
YXKM bosh yuriskonsulti T.T.Bektoshev