Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Birgalikdagi mulk bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi haqida tushuntirish bersangiz?


Savol:

Birgalikdagi mulk bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi haqida tushuntirish bersangiz?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 225-moddasida birgalikdagi mulk bo‘lgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: agar birgalikdagi mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuv bilan boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ular umumiy mulkka birgalashib egalik qiladilar va undan foydalanadilar.

Birgalikdagi mulk bo‘lgan mol-mulk barcha ishtirokchilarning roziligi bilan tasarruf etiladi, mol-mulkni tasarruf etish xususidagi bitim ishtirokchilardan qaysi biri tomonidan tuzilayotgan bo‘lishidan qat’i nazar, bunday rozilik talab qilinadi.

Birgalikdagi mulkning har bir ishtirokchisi, agar barcha ishtirokchilarning kelishuvidan boshqacha tartib anglashilmasa, umumiy mol-mulkni tasarruf etish xususida bitimlar tuzishga haqli.

Birgalikdagi mulk ishtirokchilaridan biri tuzgan umumiy mol-mulkni tasarruf etish bilan bog‘liq bitim uni tuzgan ishtirokchining zarur vakolatlari yo‘qligi sababli, bitimdagi ikkinchi taraf buni bilgan yoki bilishi lozim bo‘lganligi isbotlangan taqdirdagina qolgan ishtirokchilarning talabiga muvofiq haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Birgalikdagi mulkning ayrim turlari uchun ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda o‘zgacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, ushbu moddaning qoidalari qo‘llaniladi.

 

 

Chirchiq shahah adliya bo‘limi

YXKM bosh yuriskonsulti                                        T.T.Bektoshev